2008-yilda Travis Kalanick va Garrett Camp tomonidan asos solingan Uber, bugungi kunda dunyoning eng yirik kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Dastlab oddiy bir g’oya — avtomobillarni ijaraga olishni soddalashtirish niyatida boshlangan kompaniya, vaqt o’tishi bilan butun transport ekotizimini o‘zgartirishga muvaffaq bo‘ldi.
Uber jami $24,7 milliard investitsiya jalb qilgan. Bu jarayon 25 ta bosqichdan ortiq davom etgan. Uber investitsiya jalb qilishni biladi!
Dastlabki Taqdimot va Dastlabki Investitsiya
Uberning muvaffaqiyati uning ilk bosqichlarida yaratgan taqdimoti bilan ham bog‘liq. 2008-yilda tayyorlangan mazkur taqdimot investorlarni o‘ziga jalb qilib, kompaniyaga $200 ming investitsiya jalb qilish imkoniyatini yaratgan edi. Ushbu taqdimot oddiy, ammo o‘ziga xos g‘oyalar bilan boyitilgan bo‘lib, kompaniyaning keyingi rivojlanish yo‘lini ochib berdi.
👇 Quyida ana shu taqdimot bilan tanishib, yuklab olishingiz mumkin:
Uber’ning Bugungi Holati
Uber bugungi kunda 70 dan ortiq mamlakatda faoliyat yuritadi va 10 mingdan ortiq shaharni qamrab olgan.
2024-yil holatiga ko‘ra, Uber quyidagi raqamlar bilan faxrlanishi mumkin:
- Jami 2 milliarddan ortiq safarlar amalga oshirilgan.
- Yillik daromadi $31,9 milliard ga yetgan.
- Kompaniya qiymati $90 milliard atrofida baholanmoqda.
- Dunyo bo‘ylab 32 mingdan ortiq xodim ishlaydi.
- Uber Eats xizmati orqali kuniga $1,5 milliondan ortiq buyurtma qabul qilinadi.
Uberning Moliyaviy Yutuqlari
Kompaniya jami $24,7 milliard investitsiya jalb qilgan bo‘lib, bu jarayon 25 dan ortiq moliyaviy raundlarni o‘z ichiga oladi. Uber bir necha yillik faoliyatida Sequoia Capital, SoftBank va Benchmark kabi yirik investorlardan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash olgan.