IT Park Uzbekistan venchur loyihalarini va infratuzilma tashabbuslarini rivojlantirishni jadallashtirish maqsadida ikki muhim rahbarning tayinlanganini e’lon qildi.
Azamat Karamatov “IT Park Ventures” bosh direktori etib tayinlandi. U bu lavozimda venchur loyihalarini rivojlantirish, startaplarni tezlashtirish va O‘zbekistonning texnologik ekotizimini yaxshilashga yo‘naltirilgan investitsiyalarni jalb qilish ustida ishlaydi.

Behzod Umirzakov IT Park Uzbekistan infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimini egalladi. U bu vazifada o‘sib borayotgan innovatsion hamjamiyatni qo‘llab-quvvatlash uchun Park infratuzilmasini kengaytirish va modernizatsiya qilish ishlariga rahbarlik qiladi.
Ushbu strategik tayinlovlar IT Park Uzbekistan’ning mukammallikka intilishini aks ettiradi va O‘zbekistonning raqamli transformatsiyasidagi yetakchi harakatlantiruvchi kuchi sifatidagi o‘rnimizni yanada mustahkamlaydi” deb yozadi IT Park Uzbekistan o’z Telegram sahifasida.