IT Park Uzbekistan va GameDevHQ Oʻzbekistonda o‘yin yaratuvchi mutaxassislarni tayyorlash va o‘yin industriyasini rivojlantirish borasida hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvni imzoladi. Memorandum imzolash marosimi Toshkent Metropolitan Universiteti bazasida birinchi GameDev Akademiyasining ochilishi doirasida bo‘lib o‘tdi.
Kelishuv doirasida tomonlar Unity va Unreal Engine kabi ta’lim dasturlarini rivojlantirish, bitiruvchilarni ishga joylashtirish imkoniyatlarini yaratish, startaplarni ishga tushirish va investitsiyalarni jalb qilishni rejalashtirmoqda. 2025-yilda faoliyatini boshlaydigan yangi Computer Science fakulteti IT sohasining muhim yo‘nalishlari, jumladan, Game Development, Cybersecurity va DevOps bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydi.
Loyiha mamlakatning innovatsion salohiyatini rivojlantirish, mahalliy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va O‘zbekistonning jahon IT-sanoatidagi pozitsiyasini mustahkamlashga qaratilgan.