OpenAI bosh direktori Sem Altman X platformasida yangi sodda URL’ni e’lon qildi: chat.com. Endi bu URL foydalanuvchilarni avtomatik ravishda ChatGPT sahifasiga yo’naltiradi.
Avvalroq bu domen HubSpot asoschisi va texnik direktori Dharmesh Shahga tegishli bo’lgan. 2023 yil boshida Shah chat.com domenini 15,5 million dollarga sotib olgan. Biroq bir necha oydan keyin u domenni sotganini ma’lum qildi, biroq tafsilotlarni ochiqlamadi. Shah domenni dastlabki narxdan qimmatroqqa sotganini tasdiqladi.
Altmanning izohlaridan so’ng, Shah X platformasida OpenAI ushbu domenni uning qo’lidan sotib olganini tasdiqladi va startup unga naqd pul emas, balki aksiyalar bilan to’laganiga ishora qildi.
