Startup olamidagi eng muhim bosqichlardan biri bu — Product-Market Fit (PMF), ya’ni mahsulotning haqiqiy ehtiyoj bilan mos kelishi. Marc Andreessen bu tushunchani ilk bor atama sifatida kiritgan va uni quyidagicha ta’riflaydi:
“Product-market fit happens when you’re in a good market with a product that can satisfy that market.”
Mahsulot ishlab chiqish va uni blitzscale qilishdan oldin, startup eng avvalo bozor ehtiyojiga javob beruvchi mahsulotni ishlab chiqishi kerak. Agar bu muvofiqlik mavjud bo‘lmasa, o‘sish strategiyasi foydasiz bo‘ladi.
Misol: Airbnb — ijaraga uy taklif qilish emas, ishonchni sotish
2008-yilda Airbnb boshlanganda, odamlar notanishlarning uyida tunashdan qo‘rqardi. Airbnb dastlab faqat yotoqxonalar to‘liq band bo‘lgan konferensiyalar atrofida ishladi. Ammo ular asosiy muammoni aniqlashdi: sayohatchilar arzonroq, shinam, mahalliy tajribaga boy joy izlaydi. Uy egalari esa bo‘sh turgan joyidan daromad olishni xohlardi.
Bu ehtiyojga mos, ishonchli tizim — profilingiz, baholar, sug‘urta, va ishonch yaratish tizimi orqali — mahsulot va bozor o‘rtasida “fit” hosil qildi. Shundan so‘ng ular blitzscaling va growth hacking orqali portladi.
PMF’ni qanday aniqlash mumkin?
1. Foydalanuvchi hislari orqali:
Paul Graham shunday deydi: “Agar mahsulotingiz bo‘lmasa, odamlar g‘azablanadimi?” Agar ha — siz PMF topgansiz.
2. Saqlab qolish ko‘rsatkichi (Retention)
PMF bor joyda, foydalanuvchi bir marta foydalanib ketmaydi. U qayta-qayta foydalanadi. Retention — bu eng kuchli signal.
3. Tavsiyalar (Referral)
Mahsulot bozorga to‘g‘ri tushganda, odamlar uni boshqalarga tavsiya qiladi. Pullik reklamasiz ham o‘sish boshlanadi.
4. “Survey”lar va intervyular orqali
Savol: “Agar bu mahsulot yo‘q bo‘lsa, qanchalik afsuslanasiz?” Javob berganlar ichida >40% “juda afsuslanaman” desa, bu PMF signalidir (Superhuman misolida ishlatilgan usul).
Product-Market Fit’dan oldin blitzscaling – xatodir
Ko‘plab startuplar millionlab dollar yutadi, lekin bozorda hech qanday “fit” yo‘q. WeWork, Quibi va boshqalar bu haqida og‘riqli saboqlarni berdi. PMF — bu sizni o‘stiradigan tuproq. Undan oldin ekish — hosilsizlikka olib keladi.
Product-Market Fit’ga qanday erishiladi?
1. Fikr emas, muammo izlang.
Mahsulot emas, foydalanuvchi muammosi atrofida aylanish kerak.
2. Fikrni MVP ga aylantiring.
Minimum viable product — eng asosiy funksiyalar bilan muammoni sinab ko‘ring.
3. Foydalanuvchilar bilan doimiy suhbatda bo‘ling.
Eng yaxshi mahsulotlar, foydalanuvchi og‘zidan chiqqan fikrlarni amalda ishlatish orqali yaratilgan.
4. Pivot qilishdan qo‘rqmang.
Ko‘p startuplar ilk g‘oyasini emas, 2- yoki 3-g‘oyasini rivojlantirib PMF topgan (Instagram, Slack, Twitter — barchasi pivot qilgan).
Xulosa
Blitzscaling — o‘sish, Growth Hacking — tezlik, lekin Product-Market Fit — hayotdir.
PMF sizga o‘sish imkonini beradi. PMF’ni topsangiz, foydalanuvchi sizni o‘zi izlaydi. Topa olmasangiz, reklama, SEO, sarmoya — hech biri yordam bermaydi.
Shuning uchun har bir startup uchun birinchi savol:
“Biz haqiqiy og‘riqni davolayapmizmi, yoki faqat chiroyli g‘oyani sotmoqdamiz?”