Yangiliklar

Qozog’istonlik startap TrustMe Tim Dreyperdan $1 million investitsiya oladi

TrustMe startapi, shartnomalarni raqamli imzolashga ixtisoslashgan kompaniya, taniqli venchur investor Tim Dreyper bilan kelishuvga erishdi.

Startap muhim huquqiy hujjatlarni SMS orqali bir necha bosqichda imzolash imkonini beradi. 2023-yilda kompaniya Silikon vodiysidagi akseleratsiya dasturida dunyoning eng yaxshi 10 startapi ro’yxatiga kirdi va Markaziy Osiyoning eng istiqbolli loyihalaridan biri sifatida tan olindi.

Tim Dreyper bilan tuzilgan kelishuv shunchaki investitsiya emas. Bu Qozog’iston startaplari jahon miqyosida raqobatlasha olishini va yetakchi investorlarning e’tiborini torta olishini tasdiqlaydi, — dedi TrustMe asoschisi Chingiz Dauletbayev.

Bo'lishish