7 hafta davomida Londondan tortib Olmaota, Toshkent va Lohurda o’tkazilgan g’oya yaratish, takomillashtirish va yangi yo’nalishlarni izlash bosqichlaridan so’ng, endi ulkan mehnat va innovatsiyalar natijasini taqdim etish vaqti keldi!
Bizning xalqaro Buildathon dasturimiz doirasida shakllangan yangi startaplarni namoyish etish marosimiga qo’shiling.
Bu shunchaki g’oyalar emas — bu O’zbekiston va undan tashqarida ham muhim o’rin tutishi kutilayotgan haqiqiy va samarali startup loyihalar.
Sizni nimalar kutmoqda:
Demo Day doirasida tanlab olingan eng sara tadbirkorlik va texnologik iste’dodlar ishtirokidagi pitching/taqdimotlar.
Texnologiyani yangi bosqichlarga olib chiqishni istaydigan asoschilar, investorlar va Londondan kelgan mehmonlar bilan networking qilish imkoniyati
Qayerda: Startup Garage binosi
Qachon: 4-noyabr, Dushanba, soat 16:00 da
Tadbir davomiyligi: 16:00 dan 20:00 gacha
Keling, birgalikda yorqin kelajak quraylik!